Andijon davlat universitetida Prezidentning 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasini o‘rganish bo'yicha Fuqarolik jamiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan 18-yanvardan boshlab har bir fakultet talabalari uchun o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Bugun, 20-yanvar kuni Pedagogika hamda Maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari uchun ikki smenada o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Barchamizga ma'lumki, 2020-yil aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ko'plab chora-tadbirlar ko'rildi. Shuningdek, barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo'yicha mutlaqo yangi - "temir daftar" tizimi joriy etildi. Bu haqida keng qamrovli tushunchalarni fuqarolik kafedrasi katta o'qituvchisi Zohidjon Xayitmatov olib bordi.
Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish, ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozimligi haqida ta'kidlab o'tishdi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda mamlakatimizga kengaytirilgan savdo preferensiyalari – “GSP+” tizimini tatbiq etish bo‘yicha fuqarolik famiyati kafedrasi katta o'qituvchisi Azizbek Badalov tushuntirishlar olib bordi.
Ijtimoiy, ta'lim, iqtisodiy sohalar, yoshlarni biznes loyihalarini kreditlash hamda ularga berilayotgan imkoniyatlar haqida fuqarolik jamiyati kafedrasi katta o'qituvchisi Habibullo Husanov to'xtalib o'tdi.
O'quv seminari talabalari tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan yakunlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI