Andijon Davlat
Universiteti
CHET TILLARI FAKULTETIDA "DEKAN KUBOGI" MUSOBAQALARI O'TKAZILDI
2021-01-20    1807

2021-yil 19-yanvar kuni vatanparvarlik oyligi munosabati bilan chet tillari fakulteti talaba qizlar oʻrtasida dekan kubogi uchun sportning voleybol turi boʻyicha fakultet yoshlar ittifoqi tomonidan boshlangan musoboqa 2 davomida o'tkazilib 20-yanvar kuni oʻz nihoyasiga yetdi. Musobaqada Chet tillari fakultetining barcha guruhlaridan 12 ta saralangan jamoalar ishtirok etdi.

Fakultetda xotin-qizlar sportini rivojlantirish va ularni sogʻlom boʻlishlariga hamda muntazam sport bilan shug'ullanishiga sharoitlar yaratib berish maqsadida o'tkazilgan ushbu sport musobaqlarida jamoalar orasidan iqtidorli sportchi yoshlarni tanlab olish, ularni universiada va respublika miqyosidagi sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti jamoasini shakillantirishga xizmat qiladi.

Quyidagi jamoalar musobaqada ishtirok etdilar.
Fransuz tili 101-guruh talabalaridan tashkil topgan “Diamond” jamoasi
Fransuz tili 102-guruh talabalaridan tashkil topgan “Aristokratlar” jamoasi
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 1 kurs 103-guruh “Lucky” jamoasi
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 1 kurs 105-guruh “Inborn talents” jamoasi
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 1 kurs 102-guruh “Legendary” jamoasi
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 1 kurs 109-guruh “Swangs” jamoasi
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 1 kurs 102-guruh “Legendary” jamoasi
Ingliz tili gid xamroxligi yoʻnalishi 1 kurs 101-guruh “Prodigy” jamoasi
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 1 kurs 108-guruh “Princesses” jamoasi
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 2 kurs 230-guruh “Sport girls” jamoasi
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 2 kurs 213-guruh “Eagle” jamoasi
Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 3 kurs 303-guruh “Tigers” jamoalari ishtirok etdilar.

Yakuniy natijalarga ko'ra 1-oʻrin fransuz tili 101-guruh talabalaridan tashkil topgan “Diamond” jamoasi qizlari egallagan bo'lsa, 2-oʻrin ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 3 kurs 303-guruh “Tigers” jamoasi va 3- oʻrin ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi 1 kurs 109-guruh “Swangs” jamoasi qizlariga nasib etdi.
Gʻoliblar fakultet dekanatining diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Hosilbek Matqulov
Chet tillari fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.