Andijon Davlat
Universiteti
GERMANIYADA AMALIYOT VA YOZGI TA’TILNI O'TKAZISH IMKONIYATLARI MAVZUSIDA VIDEO KONFERENSIYA O'TKAZILDI.
2021-01-19    1916

Endi O'zbekiston oliy o'quv yurtlari talabalari yozgi ta'til davomida Germaniyada amaliyot o’tash imkoniyatiga ega!

2021 yil 18-yanvar kuni Andijon davlat universitetinign katta majlislar zalida Andijon davlat universiteti hamda “German centre” bilan hamkorlikda Germaniyada amaliyot va yozgi ta’tilni o'tkazish imkoniyatlari mavzusida video konferensiya o'tkazildi. Unda O'zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchisi Nuriddin Mamajonov va "JD East" tashkilotining rahbari Jonibek Janibekovlar zoom orqali ishtirok etdilar.

Ushbu konferensiyada Andijon davlat universitetida ta'lim olayotgan va Germaniyada ta’til amaliyotlarini o’tkazish istagida bo’lgan talaba yoshlar va professor o’qituvchilar ishtirok etdilar. Video konferensiyada "JD East" tashkilotining rahbari Jonibek Janibekov talabalar uchun Germaniyada amaliyot o'tash bo'yicha dasturlar haqida talabalarimizga batafsil malumot berdilar. Shundan so'ng, "German centre" vakillari Germaniyada ta’lim va yozgi ta’tilni qanday qilib o'tkazish haqida o'zlarining taqdimotlari bilan talabalarni tanishtirdilar. Konferensiyada talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.