Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI XALQARO TANLOV G‘OLIBI
2021-01-15    1852

Andijon davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti vokal ijrochiligi: an’anaviy xonandalik yo‘nalishi 1 kurs talabasi Muxlisa Mashrabova 2021 yil 11 yanvar kuni www.dk-talant.ru sayti tomonidan tashkil etilgan “Rossiya iste’dodlari” xalqaro va Butunrossiya masofaviy musobaqalari festivalida ustozi Boburbek Yuldashev bilan hamkorlikda tayyorlagan “Yor vasli” nomli qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, “xalq vokallari” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shu vaqtgacha Muxlisa Mashrabova ko‘plab xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan musiqa tanlovlarida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jumladan, 2020 yili Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilgan “Biz birgamiz” xalqaro tanlovida, 2019 yil “Yagonasan muqaddas Vatan!” respublika tanlovlarida g‘olib bo‘lgan. Muxlisaxonni kelgusi ishlarida omad tilaymiz.

Shu o‘rinda eslatma, www.dk-talant.ru sayti tomonidan o‘tkizilayotgan “Rossiya iste’dodlari” xalqaro va Butunrossiya masofaviy musobaqalari festivali Rossiya Federatsiyasining 2012 yil 29 dekabrdagi 273-FZ-sonli “Rossiya Federatsiyasida ta’lim to‘g‘risida” Federal qonunining 77-moddasi 2-qismiga muvofiq o‘tkaziladi, unda talabalar va o‘qituvchilar ixtiyoriy ravishda qatnashadilar. 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.