Joriy yilning 7-9 yanvar kunlari Andijon davlat universitetining “Barkamol avlod” sport zalida 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan sportning voleybol turi bo’yicha o’qituvchi va xodimlar o’rtasida “Rektor kubogi” musobaqalari o’tkazildi.
Unda universitetda faoliyat olib boruvchi fakultet va bo’limlar xodimlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. 3 kun davom etgan musobaqalarning birinchi va ikkinchi kunlarida chorak final bahslari o’tkazildi. Munosiblar yarim finalga yo’llanmani qo’lga kiritdi. 9-yanvar kuni o’tkazilgan birinchi yarim final bosqichida Ijtimoiy iqtisodiyot va Pedagogika fakulteti jamoalari bahs olib bordi. Va yakunda Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti jamoasi g’olib bo’lgan holda finalga chiqdi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi Chet tillari va Axborot texnologiyalari fakultetlari o’rtasidagi bahsda aniqlandi. Kichik hisobdagi ustunlik bilan Axborot texnologiyalari fakulteti jamoasi final bosqichiga yo’l oldi.
3-o’rin uchun o’tgan baxsda Chet tillari fakulteti Pedagogika fakulteti jamoasi ustidan qozonilgan g’alaba evaziga musobaqaning 3-o’rinini egalladi. Uzoq kutilgan final o’yini bosh hakam Adham Tursunovning hushtagi bilan boshlandi. Axborot texnologiyalari va Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti jamoalari o’rtasidagi baxs murosasiz va qiziqarliligi bilan musobaqani bezadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Keskin kurashlarga boy o’tgan final bosqichida ikki jamoa a’zolari maydonda haqiqiy sportchilardek mardonavor harakat qildilar. Birinchi bo’lim 25-16 hisobida Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining g’alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo’limni Axborot texnologiylari jamoasi ustunlik bilan boshladi. Ammo jamaoviy o’yini hisobiga ikkinchi bo’limda ham Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti jamoasining qo’li baland keldi va umumiy natijalarga ko’ra ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti musobaqa g’olibiga aylandi.
Finaldan so’ng Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Azamjon Hamraqulov so’z olib, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti jamoasini g’alaba bilan tabrikladi va ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkillashtirishda jonbozlik ko’rsatgan Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasiga o’z minatdorchiligini izhor etdi. G’oliblarga 14-yanvar kuni ko’chma kubokni shaxsan rektor Akramjon Yuldashev katta majlislar zalida tantanali ravishda topshirishini ta’kidlab jamoalarga faol ishtirok uchun tashakkur aytdi. Sport – bu aniq maqsad va natija sari harakatlanish faoliyat turi hisoblanadi. O’tkazilgan musobaqa esa aynan ushbu faoliyatni ommalashtirishga xizmati qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI