Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI DOKTORANTI MUDDATDAN AVVAL HIMOYA QILGANI UCHUN 112 MLN. SOʻM RAGʻBATLANTIRISH OLDI
2020-12-30    1686

Behzodbek Sirojidinov 2020-yil yanvar oyida Botanika ixtisosligi boʻyicha doktoranturaga qabul qilingan. Joriy yilning noyabr oyida esa Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi biologiya fanlari boʻyicha fan doktori ilmiy darajalarini beruvchi DSc.02/30.12.2019.B.53.01 raqamli ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishida oʻzining “Gʻoʻza navlarining genotiplarini boyitishda turli genomli turlardan foydalanish” mavzusidagi 03.00.09 – Umumiy genetika ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qildi.

Ahamiyatli jihati, yosh olim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorining 16-bandiga muvofiq oʻqish muddati tamom boʻlishidan 2 yil oldin doktorlik dissertatsiya (DSc) ni himoya qilgani uchun 112 mln. soʻm miqdorida ragʻbatlantirildi.

Endigina 35 yoshni qarshilagan yosh olim 2017-yilda biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2020-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. U shu vaqtga qadar ilmiy tadqiqot ishlariga doir 2 ta monografiya, 1 ta oʻquv hamda 3 ta uslubiy qoʻllanma, 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan, 1 ta patent guvohnomasi mavjud. “Gʻalaba” nomli yangi paxta navini yaratgan.

Boshqa paxta navlari doimo madaniylashtirilgan paxta navlari bilan seleksiya qilingan, bu esa ularning kasalliklarga va hashorotlarning zarar yetkazishiga qarshi tura olmagan. Uning ilmiy tadqiqot ishlarining ahamiyati shundaki, gʻoʻza genofondida mavjud boʻlgan yovvoyi turlar asosida yangi, genetik jihatdan boyitilgan interogressiv duragay shakllar olishga erishgan. Bu birinchidan, goʻzani zararkunandalarga qarshi oʻzining tabiiy “immunitet”ga ega boʻlishini taʼminlasa, ikkinchidan paxta yogʻi tarkibidagi eng zararli modda hisoblanmish gossipolning miqdorini kamaytirish imkonini beradi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.