2020-yil 12-dekabr kuni Andijon davlat universiteti Chet tillar fakultetida “Taʼlim jarayoniga kredit modul tizimini joriy etish: muammo va yechimlar” mavzusida ZOOM dasturi orqali oʻquv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vebster universiteti oʻqituvchisi G.Nosirova, fakultet dekani dos. D.Rustamov, dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.
Oʻquv seminari davomida kredit modul tizimini taʼlim jarayoniga joriy etishda mavjud boʻlgan muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr yuritildi.
Dastlab kredit modul tizimi, uning afzalliklari, mazkur tizimni AQSH universitetlarida joriy qilinish holati yuzasidan G.Nosirova maʼruza qildi. Maʼruzadan soʻng u professor-oʻqituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Shundan soʻng fakultet sifat komissyasi raisi Z.Raimjonov kredit modul tizimiga oʻtgan 1-bosqichdagi fanlardan sillabuslar ishlab chiqish boʻyicha tushunchalar berdi.
Maʼruzadan keyin Z.Raimjonov oʻqituvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi. Seminarda oʻqituvchilar yangi tizim boʻyicha asosiy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI