Kecha, 22-dekabr kuni Andijon davlat universiteti Chet tillari fakulteti dekani Dilshodbek Rustamov va fakultet dekani o'rinbosarlari 3-son talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda yashayotgan fakultet talabalarning hayoti va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Dekan dastavval, talabalar turar joyiga tashrifi davomida bu yerda koronovirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, xonalarni issiqlik bilan taʼminlanganlik darajasi, talabalarni qiynayotgan muammolar, oshxona va kutubxonalar faoliyati hamda yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
D.Rustamov talabalar turar joyida yashovchi fakultet talabalar bilan xonama-xona yurib isitish tizimi sozligini oʻrgandi. Har bir talaba bilan uchrashib, koronovirus infeksiyasidan saqlanish qoidalari xususida suhbat qildi, talabalarning taklif va istaklari bilan qiziqdi.
Shu kuni, dekan talabalar turar joyi uchun umumiy masalalar boʻyicha talabalar hamda ishchi hodimlari bilan suhbatlashib, talabalarni kunlik oziq-ovqat, gigiyena vositalari hamda maishiy ehtiyojlari uchun zarur jihozlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI