Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETIDA “OCHIQ MULOQOT” OʻTKAZILDI
2020-12-21    1580

Andijon davlat universiteti rektorining 2020-yil 15-dekabrdagi apparat yigʻilishida fakultet dekanlari fakultet talabalari universitet, fakultetda olib borilayotgan islohotlar, talabalarni oʻquv, ilmiy, maʼnaviy–maʼrifiy faoliyatlarini tahlil qilish, ularni onlayn oʻquv jarayonidagi faoliyatlari, talabalardan taklif va shikoyatlariga javob berish maqsadida “Ochiq muloqotlar” oʻtkazish vazifasi berilgan edi.

Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov tomonidan 2020-yil 16-19-dekabr kunlari fakultetning barcha kurslari bilan “Ochiq muloqot” lar oʻtkazildi. Universitetning katta majlislar zalida oʻtkazilgan yigʻilishlarda fakultet dekani pandemiya davrida talabalarda kasallik bilan bogʻliq holatlar uchragani, kasallikni oldini olishda eng avvalo talabalardan karantin qoidalariga amal qilishi, oʻz salomatliklari haqida chuqquroq oʻylab, doimo oʻzi va yaqinlari, guruhdoshlarini salomatliklariga befarq boʻlaslikka chaqirdi.

“Ochiq muloqot”da asosiy koʻtarilgan masalalardan biri bu talabalarni oʻquv jarayonidagi faoliyati yuzasidan boʻlib, bunda anʼnaviy va masofaviy oʻqiyotgan talabalarni dars jarayonlaridagi, platformadagi faoliyati oʻrganilib tanqidiy tahlil qilindi. Har bir kurs boʻyicha guruhma-guruh talabalarni platformadagi faoliyati oʻrganilib, baʼzi talabalarning uzoq muddat platformada ishlamayotganliklari sabablari oʻrganildi. Ularga kerakli koʻrsatmalar berilib, besabab kirmagan talabalarga xayfsan, gurux raxbarlariga ogoxlantirish berildi. Masofaviy oʻqiyotgan talabalarga doimo platformada faol boʻlishligi, berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish lozimligi, yozgi semestr davrida qoʻyilgan hato va kamchiliklarni takrorlamaslikka chaqirib, masofaviy taʼlimda koʻnikma, tajriba shakllanganligini fakultet dekani taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, talabalarni karantin davrida olib borgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardagi faoliyatiga baho berilib, yutuq va gʻalabalarga erishgan talabalarni alohida eʼtirof etildi. Jumladan, fakultet talabalari tarkibidan tashkil etilgan universitetning “Xumo” talabalar teatr jamoasi erishgan yutuqlari, Respublika, viloyat va universitet miqyosida oʻtkazilgan onlayn tanlovlardagi gʻolibliklar, sport musobaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar, “Oligarx” QVZ jamoasi faoliyatlariga yuksak baho berilib, bundan keyin ham bunday yutuqlar bardavom boʻlishi uchun doimo izlanishda boʻlishligi aytib oʻtildi.

Yigʻilishlarda fakultet dekani talabalar takliflariga alohida eʼtibor berib, ularni oʻz oʻrnida oʻrganib chiqib maʼsul xodimlarga kerakli koʻrsatmalarni berdi. Jumladan, talabalarni onlayn platformadagi baholashda baholarning tahlili ham talabalarga aytib oʻtilsa maqsadga muoviq boʻlishi yuzasidan berilgan taklifini fakultet dekani maʼqullab, kafedra mudirlariga kerakli koʻrsatmalarni berdi. Shuningdek, talabalardan fakultet dekani telegram botiga kelayotgan taklif va shikoyatlarga ham toʻxtalib oʻtdi.
Yigʻilishlar koʻtarinki ruhda oʻtib, bunday “Ochiq muloqot”lar tez-tez oʻtkazilishiga kelishib olindi.

Iqboljon Jumaboyev
Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.