Andijon Davlat
Universiteti
DILOROMXON ODILJONOVA "NAFOSAT - 2020" VILOYAT TANLOVINING "TALABA QIZ TIMSOLI" NOMINATSIYASIDA G'OLIB BO'LDI
2020-12-21    1717

Andijon davlat universiteti maktabgacha taʼlim fakulteti talabasi Odiljonova Diloromxon Andijon viloyati hokimligi tomonidan oʻtkazilgan viloyatimiz aholisi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyati targʻibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat – 2020” koʻrik tanlovida qatnashdi.

Quvonarlisi vakilamiz ushbu tanlovning “Talaba qiz timsoli” nominatsiyasida g’oliblikni qo’lga kiritib, Andijon viloyati hokimining diplomi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Shu munosabat bilan fakultet dekani Z.E.Azimova va fakultet xotin qizlar qoʻmitasi raisi Sh.Qoʻchqarovalar Diloromxon Odiljonovaga oʻzlarining samimiy tabriklarini bildirib esdalik sovgʻalarini taqdim qildilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.