Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET JAMOASI BOULING BOʻYICHA VILOYAT OTMLARI ORASIDA TENGSIZ
2020-12-21    1548

Kuni kecha, 20-dekabr kuni viloyatimizda oʻtkazilayotgan sport va salomatlik oyligi doirasida oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida sportning bouling turi boʻyicha “Andijon viloyati hokimi kubogi” musobaqalari oʻtkazildi.

 

Musobaqalar juda qizgʻin kurashlarga boy oʻtdi. Unda Andijon davlat universiteti yoshlar ittifoqining faol talabalari jamoasi ham faol ishtirok etib, umumjamoa hisobida mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Yigitlar oʻrtasida Jismoniy madaniyat fakulteti 2 bosqich talabasi Yuldashev Mirabbos gʻolib boʻlgan boʻlsa, qizlar oʻrtasida esa bir yoʻla ikki vakilamiz sovrindor boʻldi. 1 oʻrinni Tabiiy fanlar fakulteti 2 bosqich talabasi Abidova Zemfira, 2 oʻrinni esa Chet tillar fakulteti 2 bosqich talabasi Muhammadsoliyeva Dilobar egalladi.

Sport va salomatlik oyligi boʻyicha sport musobaqalari davom etmoqda.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.