Andijon Davlat
Universiteti
“NIHOL” TALABALAR IJODIY JAMOASI ANDIJON TUMANI AHOLISI UCHUN KONSERT DASTURINI NAMOYISH ETDI
2020-12-21    1633

2020-yilning 19-dekabr kuni viloyat hokimining taklif va tashabbusi bilan Andijon davlat universitetining sanʼatshunoslik fakultetida tashkil etilgan ijodkor talaba-yoshlardan iborat “Nihol” ijodiy jamoasining Andijon tumanida Andijon agroservis va qishloq xoʻjaligi institutining katta majlislar zalida tuman yoshlari, tuman aholisi uchun musiqiy dasturini namoyish etishdi.

 

Tadbirni Andijon  tumani hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari  Nodirbek Yusupov ochib berdi. Notiq oʻz soʻzida  “Nihol” ijodiy jamoasining tashkil etilishida ham bevosita viloyat hokimligining qoʻllab-quvvatlashi ortida talaba-yoshlarning ijodlarini keng ommaga targʻib etish maqsad qilib qoʻyilganligini eʼtirof etdi.

 

Tadbir soʻnggida tuman hokimining yoshlar masalalari bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari N. Yusupov tadbir uchun ijodiy jamoaga oʻz minnatdorchiligini bildirib, tuman hokimi vazifasini bajaruvchi D. Abdurashitovning  “Tashakkurnoma”sini topshirdi

Fotogalereya

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.