Andijon Davlat
Universiteti
SANʼATSHUNOSLIK FAKULTETINING “NIHOL” TALABALAR IJODIY JAMOASI BOʻSTON TUMANIDA KONSERT BERDI
2020-12-18    1655

Bugun, 18-dekabr kuni viloyat hokimining taklif va tashabbusi bilan Andijon davlat universitetining sanʼatshunoslik fakultetida tashkil etilgan talaba-yoshlardan iborat “Nihol” ijodiy jamoasi Boʻston tumani markazidagi madaniyat saroyida tuman aholisi uchun konsert dasturi namoyish etdi.

Tadbirdan asosiy maqsad talaba-yoshlardan iborat tashkil etilgan ijodiy jamoaning jonli ijrolarini xalqqa namoyish etish orqali tinglovchilarning musiqiy qiziqishlarini oshirish, xalqimizning oʻlmas musiqiy merosiga aylanib ulgurgan musiqiy asarlarini yoshlar talqinida sanʼatsevar xalqimizga yetkazishdan iborat edi.

Tadbirni Boʻston tumaning hokimi S. Mamitova ochib, tadbirning mohiyat va mazmuni, talaba-yoshlarning tashrifi viloyat hokimining tashabbusi bilan amalga oshirilganligini eʼtirof etib oʻtdi.

Konsert dasturidan musiqiy taʼlim kafedrasi katta oʻqituvchilari M. Ergashev va H. Botirovalar boshchilik qilayotgan xalq cholgʻulari orkestri ijrosidagi kompozitor M. Leviyevning “Oq lolalar”, “Hayot qoʻshigʻi”, S. Yudakovning “Maysaraning ishi” operasidan Xoji Dargʻa ariyasi, “Sharq taronalari” asarlari oʻrin olgan.

Oʻqituvchi B. Yuldashev raxbarligidagi maqom va anʼanaviy ijrochilik ansambli “Jonim tasadduq”, “Yali-yali”, “Soʻlim bahor”, “Kelib gulzorimga”, “Nihol” davlat mukofotining sovrindori D. Nazarov va A. Haydarovlar ijrosidagi “Dehqonlarim”, Sh. Usmonova boshchiligidagi dutorchi qizlar ansamblining “Popurri”, “Tabassum”, cholgʻuchilar ansamblining “Sharqona ohanglar” asarlari yigʻilgan tomoshabinlarga manzur boʻldi.

Tadbir soʻnggida tuman hokimi S. Mamitova bugungi tadbir uchun ijodiy jamoaga oʻz minnatdorchiligini bildirib, tuman hokimining “Tashakkurnoma”sini topshirdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.