Andijon Davlat
Universiteti
ALIJON XUSANOV BIOLOGIYA FANLARI DOKTORI DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYAT BILAN HIMOYA QILDI
2020-12-17    1667

Bugun, Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri, dotsent Husanov Alijon Karimovich OʻzR FA Zoologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.V.52.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida biologiya fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qildi.

Tadqiqotchi 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi boʻyicha tayyorlagan “Tengqanotli-xartumli hasharotlar (Insecta, Homoptera)ning “parazit-hoʻjayin” tizimidagi morfo-ekologik adaptatsiyasi, ozuqa oʻsimligiga ixtisoslanishi va koevolyutsiyasi” mavzusidagi biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi boʻyicha koʻp yillik izlanishlari natijasini Kengash aʼzolariga taqdim qildi. Ishdan olingan xulosalarni taqdim etish asnosida, ushbu xulosalarning qishloq xoʻjaligiga keltiradigan foydasini ham koʻrsatib oʻtdi.

Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.

Muhokamadan soʻng, ovoz berish jarayoni boshlandi. Kengash aʼzolarining bergan ovozlari natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100 foiz maʼqullandi va Xusanov Alijon Karimovich biologiya fanlari doktori ilmiy darajasi berish uchun loyiq deb topildi.

Alijon Karimovichni ushbu yuksak zafar bilan qutlaymiz hamda kelajakda oʻz yoʻnalishida koʻplab shogirdlar yetishtirib, oʻz ilmiy maktabini yaratishini tilab qolamiz!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.