Andijon Davlat
Universiteti
“MAKTAB-OLIY OʼQUV YURTI” HAMKORLIGI YO'LGA QO'YILDI
2020-12-19    1907

Bugun jahonda oʻz soʻziga ega boʻlgan, yuksak rivojlangan davlatlar qatoriga kiradigan mamlakatlarning yaqin tarixiga nazar tashlasak, ularda taʼlim tizimini isloh qilish, sifatli va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga ustuvor vazifa sifatida qarash shakllanganiga guvoh boʻlamiz. Tan olish lozim bugungi taʼlim sifati obyektiv va subyektiv muammolar sabab qoniqarsiz darajaga tushib qolgan. Va bu muammolar kecha paydo boʻlgani yoʻq, uzoq yillik eʼtiborsizlik, institutsional xatoliklarning mevasi. Mamlakatimizdagi juda koʻp muammolar kadrlar masalasiga borib taqaladi.


Ayni vaqtda aloxida aloxida boʻlib, oʻzicha yashayotgan ushbu uchta sohasi: maktabgacha taʼlim, maktab taʼlimi va oliy taʼlim tizimini bir biriga integratsiyasiini taʼminlash oldimizda turgan muhim vazifalardan biri.
Viloyatimizda ham barcha oliy taʼlim muassasalariga oliy taʼlimga oʻqishga kirish darajasi past boʻlgan maktablar biriktirilib, oliy oʻquv yurti professor-oʻqituvchilari tomonidan metodik, ilmiy-uslubiy koʻmak koʻrsatmoqdalar.


Andijon davlat universitetiga ham viloyatimizning Andijon, Asaka, Paxtaobod tumanlari hamda Qorasuv shahrida joylashgan reytingi nisbatan past boʻlgan umumtaʼlim maktablari biriktirilgan.
Kuni kecha universitet rektori Akramjon Yuldashev, prorektorlar va bir qator kafedra mudirlari Asaka tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 12-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdilar.
Ushbu maktabda hozirda 47 nafar oʻqituvchilar 627 nafar oʻquvchiga taʼlim berib kelmoqda. Oʻtgan oʻquv yili yakunlariga koʻra ushbu maktab bitiruvchilaridan birortasi oliy taʼlim muassasalariga kirmagan.


Universitet vakillari va maktab oʻqituvchilari oʻrtasida suhbat boʻlib oʻtdi. Unda universitet rahbariyati va maktab oʻrtasida taʼlim sifatini oshirish, dars berish metodikasi va uslubiy koʻmak berish, oʻquvchilarni oliy taʼlimga qiziqtirish, ularga toʻgʻri yoʻnalish berish hamda pirovard natijada bitiruvchilarni bilim darajasini koʻtarish va oliy taʼlimga qamrov darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga universitetning Fizika, Matematika, Chet tili, Kimyo, Iqtisodiyot, Iqtisodiyot, Jahon tarixi kafedralari maktab ilmiy boʻlim mudirlari hamda yoʻnalishlar boʻyicha oʻqituvchilar bilan hamkorlik bogʻlash uchun maʼlumot almashdilar.

Oʻylaymizki, kelgusida universitet professor-oʻqituvchilari doimiy ravishda ushbu maktab bilan aloqada boʻlib, oʻqituvchilar uchun master-klasslar tashkil etish, uslubiy qoʻllanmalar yetkazib berish, ochiq darslar tashkil etishlari biriktirilgan maktablarda taʼlim sifatini oshishiga, bitiruvchilarning oliy taʼlimga kirish darajasining oshishiga hamda reytingda yuqori oʻrinlarga koʻtariladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.