Joriy yilning 15-dekabr kuni Andijon davlat universiteti fakultetlararo chet tili (ijtimoiy-gumanitar fanlar) kafedrasi yosh o’qituvchisi Xurshidaxon Azamjonova tomonidan ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi 102-guruh talabalari uchun “Economy” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ushbu ochiq darsda noan’anaviy dars uslublaridan foydalangan holda interaktiv va ko’rgazmali metodlar asosida talabalarning iqtisodiyot to’g’risidagi bilimlari ingliz tilidagi so’zlar va tushunchalar bilan boyitildi.
Dars davomida brainstorming (aqliy hujum) grammatika soʻzlarni topish singari metodlardan ham unumli foydalanindi va ularning soʻzlashuv jihatlariga eʼtibor berildi.
O’tkazilgan ochiq darsda Andijon davlat universitetining ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bo’limi vakillari, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar. Ochiq dars ZOOM platformasi orqali ham yoritildi ushbu platformada 50 dan ortiq universitet va respublikamizning boshqa OTM professor-o’qituvchilari, talabalar bevosita kuzatib bordilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI