Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA HAFTADA IKKI KUN OMMAVIY BADANTARBIYA MASHQLARI O’TKAZILMOQDA
2020-12-16    1823

Andijon davlat universiteti talabalari hamda professor-o’qituvchilari orasida sportni targ’ib qilish, ularni salomatligini muhofaza qilish maqsadida doimiy ravishda sport tadbirlari, musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.

Bundan tashqari, ular orasida tonggi badantarbiya mashqalarini doimiy bajarish uchun targ’ibot ishlari ham olib borilmoqda. Universitetda haftaning chorshanba hamda juma kunlari “sport kuni” etib belgilangan. Bu kunlarda darslar boshlanishidan oldin talabalar hamda professor-o’qituvchilar 15 daqiqalik sport mashqlarini bajaradilar.

Bugun, 16-dekabr kuni ham universitetning 1-TTJda istiqomat qiluvchi Jismoniy madaniyat hamda Filologiya fakultetining 80 ga yaqin talabalari ikkita sport zalida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajardilar.

Mashqlarni bajarish davomida mutaxassis o’qituvchilar kerakli ko’rsatmalarni berdilar.

Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, universitetda sport sog’lomlashtirish masalalalari bo’yicha rektor maslahatchisi dotsent Zohidjon Jumaqulov, - “Inson hayotida eng muhimi birinchi navbatda salomatlikdir. Doim sport mashqlarini bajarib, to’g’ri ovqatlangan odam kasallikka kam chalinadi. Biz universitetimizda talabalar va professor-o’qituvchilarimizni sportga targ’ib qilish ishini boshida turibmiz. Yaqinda ya’ni 11-20 noyabr kunlari 6 ta sport turi bo’yicha rektor kubogi uchun musobaqalar tashkil qilgan edik, endi barchani kunlik badantarbiya bilan shug’ullanishga targ’ib qilyapmiz. Bugun, 80 nafar talabalar mashqlarni bajargan bo’lsa, yaqin vaqt ichida targ’ibot orqali universitet hududidagi 1- va 2-TTJ dagi 600 dan ortiq talabalarni doimiy ertalabki badantarbiyaga jalb qilishni rejalashtirganmiz” – deya o’z fikrlarini bildirdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.