Andijon Davlat
Universiteti
"QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR" TANLOVINING IKKINCHI YARIM FINAL BAXSLARI BO'LIB O'TDI
2020-12-14    1736

Yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Andijon davlat universitetining faollar zalida Rektor kubogi uchun "QVZ" tanlovining ikkinchi yarim final bosqichi bo'lib o'tdi.

 

Ushbu tanlovda Tabiiy fanlar fakultetining "Dream high", Jismoniy madaniyat fakultetining "Olympic", Tarix fakultetining "Oligarx", Pedagogika fakultetining "Yevrosiyo qizlari" va Informatika fakultetining "Ideal" jamoalari qatnashdilar.

 

Tanlovning birinchi bosqichini "Bu kunga yetganlar bor yetmaganlar bor" shiori ostida tabiiy fanlar fakultetining "Dream high" jamoasi boshlab berdi. Barchani yuziga kulgu ulashgan holda o'z sahna ko'rinishlarini namoyish etdilar.

 

Jismoniy madaniyat fakultetining chaqqon va harakatchan yigit qizlardan tashkil topgan "Olympic" va Tarix fakultetining "Oligarx" jamoalari chiqishlari ham tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo’ldi. 

 

2 bosqich yanada baxslarga to'la va qiziqarli o'tdi. Pedagogika fakultetining "Yevrosiyo qizlari" va Informatika fakultetining "Ideal" jamoasi o'z sahna ko'rinishlarini namoyish etdilar.

 

Har bir bosqichda hakamlar ha'yati odilona baholab o'z fikrlarini bildirib o'tdilar. Tanlov yakunida umumiy ballar e'lon qilinib, final bosqichiga yo'llanmani qo’lga kiritgan jamoalar saralab olindi: 

  1. Jismoniy madaniyat fakultetining "Olympic" jamoasi
  2. Tarix fakultetining "Oligarx" jamoasi
  3. Informatika fakultetining "Ideal" jamoasi

Finalga yo'l olgan jamoalarni tabriklaymiz va yanada qiziqarli xazillar bilan finalda kutib qolamiz.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.