Andijon Davlat
Universiteti
YAPONIYALIK HAMKORLAR BILAN ISTIQBOLDAGI REJALAR BELGILAB OLINDI
2020-12-11    1399

Bugun, 11-dekabr kuni Andijon davlat universitetiga Yaponiyaning taʼlimga ixtisoslashgan “Yamanasi Gakuin” kompaniyasi vakillari: kompaniya boshqaruv kengashi aʼzosi Daydzi Yamada, “Kydon Learning System Institution Ltd.” boshqaruv direktori Samuyel Tan, “ERC Institute” bosh direktori Yen Onglar tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Akramjon Yuldashev kutib oldi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad Andijon davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari boʻyicha istiqboldagi rejalarni belgilab olish boʻlib, ikki tomon vakillari oʻrtasidagi uchrashuvda ushbu masala keng muhokama qilindi.

Jumladan, “Yamanasi Gakuin” kompaniyasi Oʻzbekistonda zamonaviy oliy taʼlim muassasasi ochish, joylarda uning boʻlimlarini tashkil etish taklifini ilgari surayotganini maʼlum qildilar. Bundan tashqari, ular Andijon davlat universiteti bilan energetika, IT, yarim oʻtkazgichlar fizikasi yoʻnalishlarida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, masofaviy taʼlim tizimini rivojlantirish, xorijiy professorlarni akademik almashunuv doirasida universitetga taklif etish va boshqa muhim yoʻnalishlar boʻyicha takliflar berdilar.

Oʻz navbatida, universitet rektori Akramjoy Yuldashev, akademik Sirojiddin Zaynobidinov, professor Rayimjon Aliyevlar tomonidan hamkorlikda ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, kompaniya uchun oʻquv va laboratoriya binosi qurib, foydalanish uchun yer ajratish, yarimoʻtkazgichlar fizikasi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yuzasidan hamkorlik qilish va boshqa amaliy takliflar ilgari surildi.

Uchrashuv ochiq va pragmatik ruhda, doʻstona muloqot asosida kechdi. Muloqot yakunida ushbu uchrashuv samarali hamda ikki tomon uchun birdek manfaatli boʻlishi eʼtirof etildi va yaqin kelajakdagi hamkorlik aloqalari rejalashtirib olindi.

Uchrashuvdan soʻng, mehmonlar Andijon davlat universiteti qoshidagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy laboratoriyasiga kirib, olib borilayotgan tadqiqot ishlarining mazmuni bilan tanishdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.