Andijon Davlat
Universiteti
"HUQUQ BILIMDONLARI" ANIQLANDI
2020-12-10    2137

Huquqiy savodxonlik-ma‘naviy yetuklik timsolidir. Yoshlar orasida huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish yuqori huquqiy savodxonlik demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilning 9-dekabr kuni Andijon davlat universitetida Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligiga bag'ishlab, universitet fakultetlari talabalari o'rtasida "Huquq bilimdonlari" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarni o'z huquq va qonuniy manfaatlarini bilishlari hamda vatanimiz oldidagi burchlarini to‘liq anglab olishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat edi.

Tanlovni odilona o‘tkazish, ishtirokchilarning bilimlarini adolatli baholash maqsadida viloyatimiz adliya tizimida faoliyat olib boruvchi soha mutaxassislari, yetuk professor-o‘qituvchilar jalb etildi.

Tanlovda har bir fakultet jamoasi o'zlarining huquqiy bilimlari va aktyorlik mahoratlarini har bir shartga badiiy yondashgan holda namoyon etdilar.

Jamoalar 3 bosqichda bellashdi. Birinchi shartda talabalar o'zlari va fakultetlari haqida ma'lumot bergan bo'lsa, ikkinchi shartda esa Konstitutsiyamiz haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Eng so'nggi uchinchi shartda talabalar konstitutsiyamizning hayotimizda tutgan o‘rni, korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir turli sahna ko'rinishlarini namoyish etdilar.

Tanlov yakunida hakamlar hay'ati talabalarning bilimlarini baholab berib, bellashuvda universitetning Maktabgacha ta'lim fakulteti talabalaridan tashkil topgan jamoa g'olib bo'ldi. Tadbir so'nggida universitetning professor-o‘qituvchilari o'zlarining maslahat va tilaklarini bildirishdi,talabalar esa diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Bu kabi tanlovlar yoshlarning bilimini oshirish, huquqiy savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Zero, o‘z huquqini bilgan inson o‘zgalarni ham huquqlarini buzilishiga yoʻl qoʻymaydi. Kamola Odiljonova, Furqatbek Nodirbekov Jarayon informatsion dasturi uchun maxsus

Zarinabonu Madrahimova
Chet tillari fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.