2020-yil 7-dekabr kuni Andijon davlat universitetida “Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz mamlakatimizning yanada taraqqiy etishning mustahkam poydevoridir” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbirni universitet rektori Akramjon Yuldashev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Unda fakultet dekanlari, dekan oʻrinbosarlari, universitet professor-oʻqituvchilari va 200 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda konstitutsiyamiz yaratilish tarixi, mamlakatimiz tarixidagi avvalgi, sovet hokimiyati davrida qabul qilingan konstitutsiyalar, uning normalaridan hozirgi konstitutsiyamizning insonparvarligi, demokratik tamoyillarni ilgari surganligi va boshqa ustun jihatlari sahna koʻrinishlari orqali ochib berildi. Sahna koʻrinishlarida konstitutsiyamizning normalari haqida tushunchalar ham berib oʻtildi.
Tarix fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan turli dasturlar tomoshabin talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishda, oʻz huquq va manfaatlarini anglashda va ulardan oʻz oʻrnida foydalanish, oʻzgalar huquqlarini hurmat qilish haqida muhim maʼlumotlar va bilimlarni taqdim etdi.
Shuningdek, universitetning “Xumo” talabalar teatr studiyasi jamoasi Toxir Malikning “Alvido bolalik” asari asosida saxnalashtirilgan spektalini namoyish etdilar.
Bayram dasturi davomida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tursunboy Parpiyev vatanni tarannum etuvchi qoʻshiqlari bilan ishtirok etdi.
7-sonli musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchisi tomonidan saxnalashtirilgan raqs hamda tarix fakulteti 2-kurs talabalari B.Ahmadshoyev hamda Sh. Zokirovalar tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.
Tadbir yakunida universitet rektori tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan talabalar hamda “Xumo” talabalar teatr studiyasi jamoasiga pul mukofoti va kitoblar taqdim etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI