Andijon davlat universiteti maʼmuriyati ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
Imtihon mavjudki, qanday darajada boʻlishidan qatʼi nazar talabgorlar tomonidan turli koʻrinishda “shpargalka” dan foydalanishga harakat qiladi.
Aynan ushbu masalaga toʻxtaladigan boʻlsak, ushbu imtihon tayanch doktorantura uchun oʻtkazilgan boʻlib, bakalavr yoki magistraturaga kirish imtihonlaridan mutlaq farq qiladi.
Ixtisoslik yoʻnalishiga qarab, imtihonlarda turlicha ijtimoiy-gumanitar fanlarda aniq raqamlarga murojaat qilishga toʻgʻri kelishi mumkin. Lekin, yozma ishga qoʻyilgan asosiy talablar berilgan masalaga ilmiy yondoshib, tahlil qilish, mushohada qilish hamda shaxsiy ilmiy xulosalar berish hisoblanadi. Bularni koʻchirmachilik qilib yozib olish imkonsiz. Yozma ishga baholar ham aynan yuqoridagi talablar asosida baholanadi.
Bundan tashqari talabgorlarni saralab olishda ilmiy ish qilish koʻnikmasining mavjudligi, chop etgan ilmiy maqolalari va ishlari (ixtisoslik) boʻyicha suhbatdan ham oʻtkaziladi.
Shu bois, Andijon davlat universiteti tayanch doktoranturaga nomzodlar toʻgʻri saralab olingan deb hisoblaydi.
Agar, talabgorlar orasida doktoranturaga qabul qilinganlar borasida shubha boʻlsa, bizga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Biz qabul qilinganlar va arizachi talabgor oʻrtasida qaytadan yuzma-yuz imtihon oʻtkazib, masalani hal qilishimiz mumkin.
Shu oʻrinda, universitet OAV hamda blogerlar bilan muloqotga tayyor ekanini maʼlum qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI