Andijon Davlat
Universiteti
XURSHIDBEK XODJAMBERDIYEV DISSERTATSIYA ISHINI MUVAFFAQIYAT BILAN HIMOYA QILDI
2020-12-05    1568

Bugun, Fuqarolik jamiyati asoslari kafedrasi katta oʻqituvchisi Xodjamberdiyev Xurshidbek Egamberdiyevich Oʻzbekiston Milliy universiteti DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04. raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 07.00.01-“Oʻzbekiston tarixi” ixtisosligi boʻyicha tarix fanlari doktori Dilorom Bobojonova ilmiy rahbarligidagi “Oʻzbekistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi (1970 – 1991-yillar.) mavzusidagi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.

Dissertatsiya himoyasi onlayn ravishda oʻtkazilib, tadqiqotchi dastlab koʻp yillik tadqiqoti natijalari, ishning mohiyatini kengash aʼzolari eʼtiboriga havola etdi. Dissertant yaqin tariximizni noyob arxiv hujjatlari hamla ogʻzaki tarix manbalarini tahlil qilish orqali yoritib berdi.

Tadqiqot ishi boʻyicha berilgan 30 ga yaqin savollarga dissertant tarixiylik tamoyili nuqtai nazaridan tarixiy hujjatlar orqali aniq javoblar berdi.

Tadqiqotchi rasmiy taqrizchilar xulosalari va qoʻshimcha bildirilgan fikrlarga ham oʻz fikrini bildirib oʻtdi.

Kengash yigʻilishi yakunida aʼzolar tomonidan dissertatsiya ishi yuqori baholanib, OAK tomonidan qoʻyilgan talablarga toʻliq mos kelishi eʼtirof etildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra Xodjamberdiyev Xurshidbek Egamberdiyevich tomonidan bajarilgan dissertatsiya ishi 100 foiz ovoz bilan maʼqullandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.