Bugun, 30-noyabr kuni Andijon davlat universiteti Chet tillar fakultetida 1-dekabr butunjahon OITS’ga karshi kurash kuni munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi.
Sport musobaqalari 1-kurs talabalari o’rtasida qizlar uchun sportning shaxmat-shashka va o’g’il bolalar uchun esa sportning qo’l kurashi (armrestling) musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalarda 30 nafardon ortiq o’g’il bolalar va 37 nafar qiz bolalar ishtirok etdilar. Musobaqani Chet tillar fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Xosilbek Matqulov, fakultetining Yoshlar ittifoqi sardori Tursunboy Sultonov, fakultet Yoshlar ittifoqi faoli Azizaxon Kenjayevalar va 1-bosqich talabalarining yoshlar ittifoqi guruh yetakchilari tashkil qildilar.
G’oliblar 1-dekabr Xalqaro OITS’ga qarshi kurash kuniga atalgan fakultet tadbirida fakultet dekani tomonidan munosib taqdirlanadilar.
Ma’lumot uchun orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik bo’lib, Hozirda, O‘zbekistonda har 100 ming aholidan 102 kishi ushbu yuqumli kasallikka chalingan. Bu O‘zbekistonda taxminan 32 ming 500 atrofida OITS/OIV bilan xastalangan bemor borligini bildiradi (taxminiy hisob tahririyatniki). Qiyoslash uchun aytiladigan bo‘lsa, Rossiyada bu raqam 500 ni, Ukrainada 280 dan ortiqni tashkil etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI