Andijon Davlat
Universiteti
YOSH OLIM BEHZODBEK SIROJIDDINOV FAN DOKTORI (DSc) DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI
2020-11-06    1852

Bugun, Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi dotsenti Sirojiddinov Behzod Arabdjanovich O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.02/30.12.2019.B.53.01 raqamli ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida o‘zining "G‘o‘za navlarining genotiplarini boyitishda turli genomli turlardan foydalanish" mavzusidagi 03.00.09 – Umumiy genetika ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qildi.

Ixtisoslashgan kengash a’zolari dissertatsiya ishi bo‘yicha tadqiqotchining xulosalari bilan tanishdilar va uni muhokama qildilar. Tadqiqotchiga ish bo‘yicha ko‘plab savollarni yo‘lladilar va tegishli javoblarni ham tingladilar.

Kengash yig‘ilishi so‘nggida ushbu ish a'zolar tomonidan biologiya fanlari bo'yicha fan doktori ilmiy darajasini olish uchun belgilangan barcha talablarga javob berilishi e'tirof etilib, 100 foiz ovoz bilan ma'qulladilar.

Sirojiddinov Behzod Arabdjanovichni bu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz! Kelgusida ko‘plab shogirdlarni ilmiy ishlarida rahbarlik qilib, bilologiya fani ilmiy jamoatchiligiga "Sirojiddinov ilmiy maktabi" nomini qo‘shib qo‘yishiga umid bildiramiz!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.