Andijon Davlat
Universiteti
TANIQLI OLIM IBROHIMJON ASQAROV ILMIY FAOLIYATIGA BAG'ISHLANGAN OLIMPIADA O'TKAZILDI
2020-11-12    5809

Bugun 12-noyabr kuni universitetimizda "Yosh avlodga o'rnak bo'lib kelayotgan olim" nomli, professor Asqarov Ibrohimjon Rahmonovich ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan kimyo fanidan olimpiadaning final bosqichi suhbat asosida bo'lib o'tdi.

Olimpiadani O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ixtirochi, Tabobat akademiyasi raisi, Andijon davlat universiteti faxriy professori Ibrohimjon Asqarov ochib berdi. Olimpiada chin ma'noda "Olim va yoshlar uchrashuviga" aylanib ketdi. Professor ustozimiz ilmiy hayot yo'li talaba yoshlar uchun katta na'muna maktabiga aylangan bo’lib, yig’ilgan talabalarda ulkan taassurot qoldirdi.

Olimpiadada 1-bosqichdan saralab olingan 10 nafar ishtirokchilar kimyo kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan suhbat qilindi va quyidagi talabalar sovrinli o'rinlarga ega bo'ldi:

1-o'rin Halimjonov Abduquddus Ulug'bek o'g'li

2-o'rin Abaraliyev Islomjon Mirzaolimjon o'g'li

3-o'rin Ostonayeva Madinabonu Odiljon qizi

Olimpiadada faol ishtirok etgan boshqa ishtirokchilar ham Ibrohimjon Asqarov tomonidan kitoblar jamlanmasi va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Tadbirda Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Y. B. Tursunov g'oliblarni samimiy muborakbod etdi va ushbu olimpiada kelgusida Respublika miqyosida, har yili o'tkazilishini taklif etdi. 

Tadbir davomida Andijon davlat universiteti Yoshlar ittifoqi B.T yetakchisi O. O. Olimjonov ham so'z olib, Yoshlarga o'rnak bo'lib kelayotgan olim, professor Ibrohimjon Asqarovga yoshlar nomidan Tashakkurnoma taqdim etdi, ustozning ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi. Olimpiadani tashkil etishda ko'rsatgan hizmatlari uchun Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar yetakchisi Muhiddin No'monjonov va boshqa faollarga minnatdorchilik bildirdi.

Taqdirlash marosimi ko'tarinki ruhda o'tdi va yoshlar ongida chuqur iz qoldirdi. Universitetda ilk bor o'tkazilgan bunday olimpiada ilmiy va ma'rifiy sohada talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Zulunova Mohlaroyim
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.