Andijon Davlat
Universiteti
ENDI TALABALAR TO'LOV-KONTRAKT SUMMASINI 4 QISMGA BO'LIB TO'LASHLARI MUMKIN
2020-10-22    1584

Andijon davlat universitetida 2020/2021-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qish uchun to‘lovlarni quyidagi muddatlarda amalga oshirishlari kerak:

1-bosqichga (kunduzgi va sirtqi) talabalikka tavsiya etilganlar uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-noyabrgacha;

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha.

Shuningdek, barcha bosqich talabalari uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyul sanasiga qadar;

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha belgilangan to‘lov miqdorini o‘quv yilining birinchi yarmi uchun 2020-yilning 15-noyabriga qadar.

Xorijiy fuqarolar uchun universitet rektori tomonidan belgilangan muddatlargacha;

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super kontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarga o‘quv yilining birinchi yarmi (50%) uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 1-dekabr, ikkinchi yarmi 2021-yilning 1-martiga qadar.

Izoh: Ushbu muddatlar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.