Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi hamda Andijon viloyat hokimligi hamkorligida «Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi» loyihasi doirasida yoshlarning siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirish, ularga beg‘araz yuridik maslahat berish maqsadida tashkil etilgan «Yoshlar yuridik klinikasi»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida «BMT va yoshlar», «Hokim va yoshlar» uchrashuvlari tashkil etildi.
Uchrashuvda Andijon davlat universititeti talabalari ham ishtirok etdilar. Ular suhbatlarda yoshlar hayotiga, ularning muammolariga oid savollari, o‘zlarining takliflari bilan faol ishtirok etdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI