Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABALARI "TALABALAR TEATR STUDIYASI - 2020" FESTIVALI VILOYAT BOSQICHI G'OLIBI
2020-10-26    1797

Teatr  - har bir millatning, har bir yurtning, qolaversa har bir davlatning ma'naviy ko’zgusi sanaladi. Har qachon ham teatr insonni tarbiyalab, oʻzidan nur taratuvchi maskan boʻlib kelgan. Bir vaqtlar maʼrifatparvar ajdodimiz Mahmudxoʻja Behbudiy “Teatr bu ibratxonadir”, degan boʻlsa, bugun yurtboshimiz “Teatr bu maʼnaviyat oʻchogʻi, ijod ahli, inson qalbining muhandislaridir” deb yuksak tarifni berdilar. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan talabalar teatr studiyalari festivali Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan  2015-yildan buyon an’anaviy tarzda har yili o’tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 26-oktabr kuni Andijon viloyati musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyasi-2020” festivalining viloyat bosqichi karantin qoidalariga to’liq rioya etilgan holda bo’lib o’tdi.

Festivalda Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” talabalar teatr studiyasi jamoasi rejissyor Zokirjon Ahmadaliev tomonidan A'zam Isxoqov pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Shamchiroqlar yog’dusi” spektakli, Andijon davlat universitetining “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi esa rejissyor Dilmurod Shayxov tomonidan sahnalashtirilgan Tohir Malikning “Alvido bolalik” spektakli, Andijon mashinasozlik institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi esa rejissyor Lola To'ychieva tomonidan sahnalashtirilgan "Jaydari kelin" spektakli va Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Kelajak qanotlari” talabalar teatr studiyasi jamoasi esa rejissor Sharifa Xasanova tomonidan sahnalashtirilgan “Davlat bolalari” spektaklini namoyish etdilar.

“Talabalar teatr studiyasi-2020” festivalida 3-o’rinni Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, 2-o’rinni Andijon davlat tibbiyot instituti va faxrli 1-o’rinni esa Andijon davlat universiteti egalladi. Tanlovning mintaqaviy bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan universitetimizning “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasini universitetimiz jamoasi va talabalari nomidan tabriklaymiz va mintaqaviy bosqichda omad tilaymiz!

Odiljonova Kamola
Filologiya fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.