Andijon Davlat
Universiteti
YOSH OLIM, YURIDIK FANLAR DOKTORI, PROFESSOR TALANTBEK MADUMAROV 37 YOSHDA!
2020-10-26    1894

Bugun, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani, yuridik fanlar doktori, professor Talantbek Tolibjonovich Madumarov 37 yoshni qarshi olmoqda. Ushbu munosabat bilan Talantbek Tolibjonovichni tabriklaymiz.

Talantbek Madumarov yosh bo‘lishiga qaramay ilm cho‘qqilaridan tezlik bilan yuqorilab, ko‘plab yoshlarga o‘rnak sifatida samarali faoliyat yuritmoqda.

1983-yilda ziyoli oilada tavallud topgan Talantbek 2000-2004-yillarda Andijon davlat universitetida Huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil oldi. 2004-2006-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida magistraturani tamomladi. Magistraturani tamomlagan yosh Talantbek o‘z kelajagini ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘rdi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti aspiranturasiga o‘qishga kirdi. U 2011-yil 28-mayda Toshkent davlat yuridik institutidagi ixtisoslashgan kengashda yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Mikrokredit tashkilotlarining fuqarolik huquqiy maqomi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu esa keyingi ilmiy tadqiqot ishlari uchun o‘ziga xos pillapoya vazifasini o‘tadi. Yosh olim endi doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini boshladi. Bu orada tashkiliy-rahbarlik ishlariga ham ulgurdi. 2015-yilda u universitet Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasiga mudirlikka saylandi.

Yosh olim doktorlik dissertatsiyasini 2019-yil 9-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda  “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini fuqarolik huquqiy tartibga solish” mavzusida himoya qildi.

Talantbek Madumarov 2019 yilda Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi va hozirga qadar samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Talantbek tomonidan hozirgi kunga qadar 176 ta ish e’lon qilingan, shundan 3 tasi darslik, 2 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 65 ta ilmiy maqola va tezislar. 10 ga yaqin yosh tadqiqotchilarga ilmiy rahbar sifatida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqda.

Azizbek Egamberdiyev, Furqatbek Nodirbekov
Universitet Kengashi kotibi, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.