Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET KENGASHI YIG‘ILISHI AN’ANAVIY TARZDA O‘TKAZILDI
2020-10-23    2086

Bugun, 23-oktabr kuni pandemiya davrida birinchi marta universitet Kengashi yig‘ilishi an’anaviy tarzda tashkil etildi. Yig'ilish karantin qoidalariga to'liq amal qilib, oraliq masofa saqlagan holda o'tkazildi.

Dastlab, universiteti rektori, Kengash raisi A.S.Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi hamda O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan vazifalar to‘g‘risida, shuningdek “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari mazmunini qisqacha tushuntirib o‘tdi.

 

Ikkinchi masala ya’ni Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetini tashkil etish yuzasidan Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor M.Mahkamov axborot berdi.

2020/2021 o‘quv yilida universitetda yangi Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti tashkil etildi. Fakultet dekani etib p.f.n. A.A.Medatov tayinlandi. Fakultet tarkibida ikkita “Axborot texnologiyalari” va “Kompyuter injiniringi” kafedralari shakllantirildi. Axborot texnologiyalari kafedrasiga PhD Axmadaliyev Doniyor Qambaralievich, kompyuter injiniringi kafedrasiga f.-m.f.n. Tojiboev G‘ayrat Oripjonovich tayinlandi.

25 ta kompyuter uchun 2 ta, 15 ta kompyuter uchun 4 ta, jami 6 ta 110 nafar talabaga mo‘ljallangan  kompyuter sinflari tayyorlanib, lokal tarmoqlar tortildi. Har bir auditoriyalarga videokuzatuv moslamalari, keng ekranli o‘quv televizorlari uchun joy ajratildi. Videokuzatuv kameralari, yong‘inga qarshi moslamalar, lokal tarmoqni montaj ishlari amalga oshirildi.

Yig‘ilish davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Hamraqulov Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi va yangi o‘quv yili uchun o‘z takliflarini bildirib o‘tdi. Ma’ruzachi o‘tgan o‘quv yilida ko‘rilgan choralarga, targ’ibot-tashviqot ishlarining olib borilishiga qaramasdan 2020-yilda universitetning ikki nafar professor-o’qituvchisi, bir nafar ishchi xodimi ustidan korrupsiyaga oid jinoyat ishi qo’zg’atilganini aytib o’tdi. Shu bois A’zamjon Hamraqulov tasdiqlash uchun Andijon davlat universitetining “Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi”ni loyihasini taqdim etdi. Loyihaga ko’ra ushbu dasturda 7 bob, 35 banddan iborat bo’lib, uning 1-bobida. Umumiy qoidalar, 2-bobida Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari, 3-bobida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining elementlari, 4-bobida Komissiyaning huquq va majburiyatlari, 5-bobida. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo’nalishlari, 6-bobida Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to’g’risida xabar berish, 7-bobida Qayta ko’rib chiqish va o’zgartirishlar kiritish tartibi masalalari o’rin olgan.

Ushbu dasturning asosiy 5 bobi Manfaatlar to’qnashuvini boshqarish, Sovg’alar va ish jarayonida mehmondo’stlik belgilari, Xodimlarni tanlash, lavozimdan lavozimga o’tkazish, moddiy rag’batlantirish, Kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar, Xayriya va homiylik faoliyati, Universitet hamda uning muassasalari faoliyatini videotasvirga olish va translyatsiya qilish kabi oltita paragrafni o‘z ichiga oladi.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ham ko‘rildi. Xususan jamoaga Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor M.Mahkamov, Chet tillar fakulteti yangi dekani Dilshodbek Rustamov, Fizika-matematika fakulteti yangi dekani Xotamjon Mansurov hamda Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti yangi dekani Asilbek Medatovlar tanishtirildi hamda Kengash a’zoligiga qabul qilindi.

Bundan tashqari O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasiga Z.Mamajonov, Umumiy psixologiya kafedrasiga G. Tojiboeva, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasiga L. Qurbonova, Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasiga S. Yuldashev, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasiga X. To‘xtaxo‘jaev,  Tasviriy san’at va  muhandislik grafikasi kafedrasiga B. Xaqberdievlar mudir lavozimiga saylandilar.

Kengash a'zolari har bir masala yuzasidan ma'ruzachilar va taqdim etilayotgan hisobotlarga oid savollar bilan murojaat qildilar, o'z fikrlarini bayon etdilar. Masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar tinglandi. Bildirilgan fikrlar va takliflar asosida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ijrochilar belgilandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.