Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA O'ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TADBIRLAR TASHKIL ETILMOQDA: “TIL – MILLAT KO‘ZGUSI”
2020-10-19    1926

Bugun, 19-oktabr kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida 21-oktabr o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida onlayn video konferensiya o‘tkazildi.

 

Vidoekonferensiyani Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A’zamjon Hamroqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va konferensiya ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bayram munosabati bilan o’zlarini fikr-mulohazalari hamda o‘zbek tilini jozibadorligini tarannum etuvchi g‘azal va she’rlarni ijro etdilar.

 

Dotsentlar Usmonjon Rahimov hamda Ziyovuddin Qodirovlar tomonidan o’zbek tilini asrash, undan foydalanishda qoidalarga amal qilish, uning sofligini ta’minlash uchun amalga oshirish lozim bo’lgan ishlar, shevalardagi noyob so’zlarni aniqlab, ularni yo’q bo’lib ketmasligini oldini olish bo’yicha o’z mulohazalarinin bildirdilar.

 

Talabalardan Kamola Odiljonova va Diyora Azizovalar ona tiliga bag’ishlangan she’rlari bilan ishtirok etdilar. Ne’matillo Muhammadjonov esa o’zbek tilini asrash, kompyuter lingvistikasini rivojlantirish ya’ni o’zbek tilini kompyuterlarga ko’chirish masalasida o’z tadqiqoti natijalari bo’yicha fikrlarini bildirdi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.