Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETLARARO CHET TILI KAFEDRASI O‘QITUVCHISI DILDORA ISROILOVA FALSAFA DOKTORI DISSERTATSIYASINI HIMOYA QILDI
2020-10-14    2000

Bugun, 14 oktabr kuni fakultetlararo chet tili kafedrasi o‘qituvchisi Isroilova Dildora Muxtorovna O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti qoshidagi DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01. sonli ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika) ixtisosligi bo‘yicha professor Xoshimova Dildar Urinbaevna ilmiy rahbarligida o‘zining “Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida talabalarni fanlararo bog‘liqlikda kasbga yo‘naltirilgan ingliz tiliga o‘qitish (texnologiya fakulteti misolida)” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 

Dastlab, dissertant tadqiqotning natijalari, uning ilmiy yangiligi, ishning mohiyatini to‘liq ochib berdi. Talabgor himoya davomida to‘rt o‘quv yiliga mo‘ljallangan 4 bosqichli, ya’ni umumta’lim fanlari + ingliz tili (birinchi bosqich, I kurs), umumkasbiy fanlar + ingliz tili (ikkinchi bosqich, II kurs),  umumtexnik fanlar + ingliz tili (uchinchi bosqich, III kurs), umummaxsus fanlar + ingliz tili (to‘rtinchi bosqich, IV kurs) shaklida darslarni tashkil etishga doir  tavsiyalarini taqdim etdi.

Shundan so‘ng, ishga rasmiy opponentlar o‘z fikrlari va xulosalarini bildirdilar. Kengash yig‘ilishi davomida ish muhokamasi o‘tkazildi va dissertantga ishga doir ko‘plab savollar bilan murojaat qilindi. Savollarga aniq, ilmiy-tahliliy javoblar berildi.

Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari ishni pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasiga qo‘yilgan barcha talablarga mos deb xulosa berdi va  bir ovozdan ma’qulladilar.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.