Andijon Davlat
Universiteti
ASSALOM, ADU! TANISHUV DARSLARI DAVOM ETADI
2020-10-13    1808

Bugun, Chet tillar fakultetida ham 1-bosqich talabalari uchun tanishuv darslari boshlandi.

Talabalarni kutib olishda karantin qoidalariga to‘liq rioya qilindi. Ularning tana haroratlari o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan qo‘llari tozalandi.

Darslarni fakultet dekani Dilshodbek Rustamov boshchiligidagi yetuk professor-o‘qituvchilar olib bordilar.

Eng yuqori ball to‘plab o‘qishga kirgan talabalarga sovg‘a sifatida kitoblar taqdim qilindi.

Bugungi darslarda Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, nemis tili, fransuz tili hamda Gid hamrohligi va tarjimonlik yo‘nalishlariga qabul qilingan 323 nafar talabalar ishtirok etdi.

Tanishuv darslari Maktabgacha ta'lim fakultetida na’munali tashkil etilmoqda. Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabalari bayramona kutib olindi va ularga ham universitet rektorining videotabrigi namoyish etilib, dars jadvali, dars beradigan o‘qituvchi va professorlar bilan tanishtirildi. Talabalarga o‘tiladigan darslar, muhim qoidalar, kredit-modul tizimida o‘qish tartibotlari to‘liq tushuntirilmoqda.

San’atshunoslik fakultetida 6 ta yo’nalish mavjud bo’lib, joriy o’quv yilida 200 nafar talaba o’qishga qabul qilingan. Fakultetga alohida iqtidorga ega talabalar uchun tanishuv darslari alohida yondoshuv asosida tashkil etilmoqda.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.