Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA 1-BOSQICH TALABALARI UCHUN TANISHUV DARSLARI BOSHLANDI
2020-10-12    2043

Bugun, 12 oktabr kuni Andijon davlat universitetida 1-kursga talabalikka tavsiya etilganlar uchun tanishuv darslari boshlandi.

Tanishuv darslari belgilangan dars jadvallari asosida tashkil etilib, bugun 41 ta ta’lim yo‘nalishidan 19 ta ta’lim yo‘nalishi uchun universitetning 6 ta binosida darslar tashkil etilgan. Barcha yo‘nalishlar uchun darslar 12 kun davomida to‘liq yakunlanadi.

 

2020-2021 o‘quv yili uchun yilida universitetda mavjud 41 ta ta’lim yo‘nalishiga 433 ta grant va 2967 ta shartnoma asosida, jami 3400 ta talaba qabul qilindi.

 

An’anaviy ta’lim shaklida boshlanayotgan ushbu dars jarayonlari karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, auditoriyalarning 50 foizdan ko‘p qismiga talabalarni kiritmasdan olib borilmoqda. Darslar kuniga 2 juftlikdan tashkil etilishi belgilangan. Juftliklar orasida talabalarga 10 daqiqalik tanaffus beriladi.

 

Tanishuv darslarida dastlab madhiyamiz yangrab, universitet rektorining 1-bosqich talabalariga videotabrigi namoyish etildi. Shundan so‘ng, dars jadvali, dars beradigan o‘qituvchi va professorlar bilan tanishtirildi. Kerakli darsliklar va foydalaniladigan adabiyotlar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, darslarda oliy ta’lim muassasasi talabasi maqomi, o‘tiladigan darslar, muhim qoidalar, kredit-modul tizimida o‘qish tartibotlari to‘liq tushuntirildi.

 

Tanishuv darslari orqali talabalarda masofaviy (onlayn) ta’lim olish ko‘nikmasi shakllantiriladi. Shuningdek, kerakli hujjatlar jamlanmasini taqdim etish bo‘yicha tushunchalar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, tanishuv darslari yakunlangach, 1-kurs talabalar ham boshqa kurs talabalari singari o‘qishni masofaviy (onlayn) shaklda davom ettiradilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.