Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET REKTORI IMTIYOZ ASOSIDA TALABALIKKA QABUL QILINGAN XOTIN-QIZLAR BILAN UCHRASHDI
2020-10-03    1719

2020/2021 o‘quv yilida xotin-qizlar uchun OTMlariga berilgan grant o‘rinlarining 4 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat granti ajratilishi mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida katta imkoniyat bermoqda.

 

Andijon viloyati uchun ana shunday imtiyoz asosida xotin-qizlarga 85 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, ularning 36 tasi Andijon davlat universitetiga qabul qilindi.

 

Bugun, 3-oktabr kuni universitet rektori Akramjon Yuldashev ushbu imtiyoz asosida talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan xotin-qizlarning xonadonlariga tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda talabalar va ularning ota-onalarini tabriklab, kelgusida tahsil olish jarayonida katta yutuqlarga erishishlarini, bilimli va yuksak malakali kadrlar bo‘lib yetishishini tiladi.

 

Talabalar bilan suhbatda ularning qiziqishlari, kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashgan rektor ularga o‘z maslahatlarini berib, yaratilgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish lozim ekanini bildirdi.

 

- Men o‘z kuchim bilan 176 ball to‘pladim, biroq, bu ball bilan kontrakt asosida o‘qishimga to‘g‘ri kelardi. Hozir uyimizda bayram bo‘lyapti, sababi Prezidentimiz bergan imtiyoz bilan byudjetga o‘qishga qabul qilindim, kontraktga kirganimda o‘qiy olmasligim aniqroq edi. Men endi o‘z rejalarimni to‘liq amalga oshirish imkoniyatiga egaman, magistratura va doktoranturada ham o‘qishni davom ettirib, filolog olima bo‘lib yetishishga bor kuchim bilan intilaman, - deya hayajon bilan o‘z fikrlarini bildirdi Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishiga grant asosida qabul qilingan Nozimaxon Dilbarjonova.

Uchrashuvlarda talabalarga badiiy kitoblar taqdim qilindi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.