Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETGA GRANT VA TO‘LOV-SHARTNOMA ASOSIDA TALABLIKKA TAVSIYA ETILGAN, "SUPER KONTRAKT"GA O‘QISHGA KIRMOQCHI BO‘LGANLAR DIQQATIGA!
2020-09-28    16292

Andijon davlat universiteti hozirgi pandemiya davri cheklovlarini hisobga olib, shuningdek, universitet ma’muriyatida o‘qishga kirganlar ro‘yxati, kim qaysi o‘rinda o‘qishga kirgani, kimga necha ball yetmay qolgani haqida ma’lumot yetib kelmaganligi sabab quyidagilarni ma’lum qiladi:

1-toifa uchun, GRANT asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabalar va ularning ota-onalarini universitetga kelmasliklarini so‘raymiz! Ularga talabalikka qabul qilish buyruqlari chiqariladi va universitet saytiga joyashtiriladi. Ular uchun 1-oktabrdan boshlab masofaviy ta’lim platformasi orqali o‘qishni boshlaydilar. Platformaga kirish uchun login va parollar ushbu kanal orqali yetkaziladi.

2-toifa, 1-kursga to‘lov-shartnoma asosida tavsiya etilganlarga 5 oktabrdan boshlab, kontrakt to‘lovini amalga oshirishi uchun shartnomani maxsus platforma orqali elektron shaklda yuklab olish imkoniyati yaratiladi. Shartnomalarni qaysi platformadan qanday yuklab olish bo‘yicha qo‘shimcha axborot beramiz. Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda belgilangan summa to‘langach, ularga masofaviy ta’lim platformasidan foydalanib, o‘qishga ruxsat beriladi.

3-toifa, xalq orasida "super kontrakt" atamasi bilan tanish bo‘lgan orttirilgan kontrakt asosida ta’lim olish istagida bo‘lgan abiturietlar uchun 10 oktabrdan boshlab universitetimiz veb-sayti orqali rektor nomiga onlayn ariza berish imkoniyati yaratiladi. Arizalar o‘rganib chiqilib, kontrakt to‘lovini amalga oshirish uchun shartnomalarni maxsus platforma orqali elektron shaklda yuklab olish imkoniyati yaratiladi. Shartnomalarni qaysi platformadan qanday yuklab olish bo‘yicha qo‘shimcha axborot beramiz.

Yana bir ma’lumot, hozir odamlar orasida "tezroq borib topshirib olmasak "super kontrakt" ga joy tugab qolar ekan" qabilidagi noto‘g‘ri fikr tarqatilmoqda. "Super kontrakt" uchun alohida kvota belgilanmaydi, bu bo‘yicha qabul cheklanmaydi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.