Andijon Davlat
Universiteti
NEMIS TILI KAFEDRASI DOTSENTI, USTOZIMIZ NAZAROV QAMBARALI NAZAROVICH VAFOT ETDI
2020-09-22    1620

Bugun universitetimizning jonkuyar o‘qituvchilaridan biri, nemis tili kafedrasi dotsenti, ustozimiz Nazarov Qambarali Nazarovich bu yorug‘ olamni tark etdi.

Ustoz 1950 yilda Oltinko‘l tumanida tavallud topgan. 1972 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini bitirib, institutda o‘qituvchi sifatida ish boshlaydi. O‘z faoliyati davomida Moskva davlat chet tillar instituti aspiranturasida o‘qigan. Nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, 1982-1988 hamda 2007-2010 yillarda Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2010-yildan to hozirga qadar kafedra dotsenti sifatida faoliyat yuritdi.

Ustoz o‘qituvchilik qilish bilan birga, ko‘plab ilmiy maqolalar, risolalar yozdi.

U kishi o‘z umrini yoshlarga bilim berishga bag‘ishlab, ta’lim va fan taraqqiyotiga o‘z xissasini qo‘shdi.

Yana bir bor Qambarali Nazarovichning ohiratlari obod bo‘lishini tilaymiz hamda oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.