Joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Rossiya federasiyasi Voronej davlat texnika universitetida «Muqobil va intellektual energetika» («Альтернативная и интеллектуальная энергетика») mavzusida II xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada Andijon davlat universiteti professori R.Aliev boshchiligidagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasining bir guruh ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etdilar.
Ikki kun davom etgan va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etgan konferensiya Zoom Cloud Meetings platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi. Dastlabki kunda Toshkent vaqti bilan soat 12:00 dan 14:00 gacha anjumanning yalpi majlisi, 14:30 dan boshlab 1-va 4-shoʻba yig‘ilishshlari, ikkinchi kuni 12:00 dan 14:00 gacha yalpi majlis, 14:30 dan boshlab esa 2-,3- va 5-shoʻba yig‘ilishlari o‘tkazildi.
Laboratoriya ilmiy tadqiqodchilari mazkur konferensiyada o‘zlarining maqola va tezislari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, texnika fanlari doktori, professor Rayimjon Aliev konferensiyaning III shoʻbasida o‘zining «Проблемы конструирования полупроводниковых фотоэлектрических преобразователей солнечной энергии третьего поколения» (https://aie.cchgeu.ru/upload/staff/upr-nauki-i-innov/AIE-2020/AlievR.pdf) nomli ma’ruzasini taqdim etdi.
Konferensiyada hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan muqobil va qayta tiklanuvchi energetika bo‘yicha qiziqarli va foydali ma’ruzalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi va bu yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun bilimlarini yanada kengaytirishga turtki bo‘ldi. Shoʻba raisi professor Yuriy Yegorovich Kalinin R.Alievning ma’ruzasini yuqori baholab, bir nechta savollar bilan fikr almashdilar va keyingi rejalashtiriladigan xalqaro konferensiyalarda ham shunday qiziqarli maqolalar bilan ishtirok etishga taklif bildirdi.
Mazkur konferensiya O‘zbekiston va Rossiya olimlari o‘rtasida o‘zaro mustahkam a’loqalarni o‘rnatish uchun yana bir imkoniyat bo‘ldi degan umiddamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI