Andijon Davlat
Universiteti
TOVARLAR KIMYoSI HAMDA XALQ TABOBATI MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
2020-09-18    2556

Ilm-fan taraqqiy etgani sari tibbiyot ham rivojlanmoqda. Ammo kimyoviy preparatlar kasalliklarni davolashning yagona yo‘li emas. Zamonaviy dunyoda insonlar tobora preparatlardan ko‘ra, shifobaxsh tabiiy giyoh va damlamalar asosida davolanishga o‘tmoqdalar. Bu borada tan olish lozimki, xalq tabobati xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda o‘zini oqlamoqda. JSST tomonidan Xalq tabobati sohasidagi 2014 — 2023 yillarga mo‘ljallangan strategiya amalga oshirilayotgani ham so‘zimizning isboti bo‘la oladi.

Yurtimizda ham so‘nggi yillarda bu sohani rivojlantirish masalasi kun tartibiga chiqmoqda. Xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchilar faoliyati tartibga solinib, ularning faoliyati legallashtirilishi, oliy ta’limda yangi “Xalq tabobati” ta’lim yo‘nalishining ochilishi kabi amaliy ishlarni ko‘rsatishimiz mumkin.

Biroq, soha rivoji uchun bu ishlar kam. Andijon davlat universitetida bugun, 18 sentabr kuni o‘tkazilgan “Tovarlar kimyosi hamda xalq tabobati muammolari va istiqbollari” mavzusidagi VII-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham ushbu sohadagi muammolarni tahlil qilish va ularga yechim topishga bag‘ishlandi.

Universitetimiz Kimyo kafedrasi professori, O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar Tabobat akademiyasi raisi Ibrohimjon Asqarov tashabbusi bilan tashkil etilgan konferensiya “Zoom Cloud Meetings” dasturi orqali onlayn o‘tkazilib, unda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Tojikiston, Qozog‘iston kabi 20 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan soha muiaxassislari va olimlar ishtirok etdilar.

Konferensiyani kirish so‘zi bilan Andijon davlat universiteti rektori b.f.d., professor Akramjon Yuldashev ochib berdi.

Anjuman ikkita katta masala: tovarlar kimyosi hamda xalq tabobati sohalaridagi mavjud muammolar hamda unga yechimlar, istiqboldagi rivojlanish tendensiyalari tahliliga bag‘ishlandi.

Dastlab, Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori kimyo fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, O‘zbekiston Tabobat akademiyasining xaqiqiy a’zosi Maxsumov Abdulhamid Gafurovich “Propargil spirti asosida olinadigan moddalar sintezi va ularning tibbiyotda qo‘llanilishi” mavzusida o‘z tadqiqoti natijalarini e’lon qildi.

Konferensiya davomida Andijon tibbiyot instituti kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Tabobat akademiyasining xaqiqiy a’zosi  Mamasoliev Nematjon Solievich “O‘zbekistonda profilaktik Tibbiyotning ulkan kashfiyotlari va Jaxon fani uchun ibrat”, L.K.Ernst nomidagi Butunrossiya Chorvachilik Instituti qishloq xo‘jalik xayvonlari fiziologiyasi va bioximiyasi bo‘limining analitik bioximiya gruppasi mudiri, k.f.d., b.f.d., professor Zaysev Sergey Yurevich “Bioximicheskie metodы analiza biologicheskix jidkostey jivotnыx”, Tojikiston milliy fanlar akademiyasi V.I. Nikitin nomidagi kimyo instituti professori, kimyo fanlari doktori Isobaev Muzafar Djumaevich “Sovremennoe sostoyanie i perspektivы razvitiya issledovaniy po ximii tovarov v Respublike Tadjikistan”, Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sinsyan fizika va ximiya texnologiyasi instituti tadqiqotchisi, k.f.n. Bozorov Xurshed “Dezoksivazitsinon va Makinazolinon alkaloidlarining maqsadli sintezi”, O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar Tabobat akademiyasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, kimyo fanlari doktori, professor Asqarov Ibrohimjon Raxmonovich “Tovarlar kimyosi hamda xalq tabobati muammolari va istiqbollari”, O‘zbekiston tibbiy – ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar “Tabobat akademiyasi” a’zosi Abdullaev Murodjon Nematjonovich “Bachadon bo‘yni rakini tabiiy giyoxlar bilan davolash va muolaja qilish” mavzularida chiqishlar qilib, o‘zlari olib borgan tadqiqot natijalarini, tajribalarini, turli tahlillar va fikrlarini bildirdilar.

Har bir masala bo‘yicha keng muhokamalar o‘tkazildi, olimlarning fikrlari tinglandi, masala yuzasidan umumiy xulosalar shakllantirildi.

Eng muhimi, konferensiyada tahlil qilingan masalalar yuzasidan takliflar va tavsiyalar tayyorlanib tegishli tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalariga yuborilishi belgilandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.