Bugun, 15-sentabr kuni Andijon davlat universitetida turli yo‘nalishlarga o‘qishga topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihonlar o‘tkazildi.
Andijon davlat universitetiga 2020-2021 o‘quv yili qabulida bakalavriatning 8 ta ta’lim yo‘nalishiga 28 nafar, magistraturaning 4 ta mutaxassisligiga 5 nafar ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlardan arizalar kelib tushgan.
Universitet tomonidan ko‘zi ojiz abituriyentlar bilan ishlash uchun alohida mas’ul shaxs tayinlandi. Mas’ul doimo ular bilan telefon orqali xabarlashib, qabul jarayoni bilan tanishtirib bordi.
Imtihonlar shaffof va adolatli bo‘lishi uchun alohida jihozlangan auditoriyalarda, maxsus mutaxassislar jalb etilgan komissiyalar tomonidan qabul qilindi. Imtihonda 33 nafar ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar qatnashdi.
Imtihon jarayonida har bir abituriyentga mas’ul shaxs biriktirilib, kerakli barcha sharoitlar yaratildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI