Bugun Andijon davlat universitetiga “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari Jasurbek Shukurov tashrif buyurdi. Tashrif Andijon viloyatidagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining fan bilan integratsiyasi, hududdagi ilmiy va laborator potensialni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhining viloyatga tashrifi doirasida kechdi.
Jasurbek Shukurov universitet rektori bilan uchrashib, hozirda butun viloyat bo‘yicha ishchi guruh sanoat korxonalari o‘rganilayotgani aytib, universitetda ishlab chiqarishga joriy etadigan loyihalar, laboratoriyalar holatini o‘rganish va ma’lum bir yo‘nalishlarda universitet bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlashni maqsad qilganini bildirdi.
Rektor Akramjon Yuldashev universitetda oziq-ovqat texnologiyalari, to‘qimachilik mahsulotlari uchun rang olish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, texnologik va mexanik loyihalar doirasida izlanishlar olib borilayotganligi va bu bo‘yicha yutuqlar ham qo‘lga kiritilganini bildirib, ishlab chiqarish korxonalari bilan ham aloqalar mavjud ekanini bildirdi. Shuningdek, ta’lim va fanni sanoat va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligi yetarli darajada emasligi va sohada ikki tomonda ham sustkashliklar borligini aytib o‘tdi.
“Universitet hozirda ishlab chiqarishga nima bera oladi?” va “Kelajakda ko‘proq berishi uchun nimalar kerak bo‘ladi?”, - degan savollar uchrashuvning asosiy masalasi bo‘ldi.
Tashrif davomida Jasurbek Shukurov universitetdagi laboratoriya xonalarini ham ko‘zdan kechirib, ishlab chiqarish uchun qanday aniq ishlar bajarish imkoniyatlarini, mavjud laboratoriya jihozlarini o‘rgandi. Shuningdek, ma’lum bir yo‘nalishda alohida zamonaviy laboratoriya tashkil etish uchun yana qanday jihozlar lozim ekanini o‘rgandi.
Yakunda universitetda amalda bajarish imkoniyati mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha laboratoriyalar va ishlab chiqarish korxonalari bog‘lanadi hamkorlikda ish tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuv ortiqcha rasmiyatchiliksiz, amaliy ruhda kechdi. Qilinadigan ishlar bo‘yicha hamkorlikda harakat qilishga kelishildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI