Bugun, 8 sentabr kunidan boshlab 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari boshlandi.
Imtihonlar respublikamizning 13 ta hududida 19 ta maxsus hozirlangan binolarda karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda boshlandi.
Andijon viloyatida ham imtihon uchun Andijon davlat universitetining Chet tillar fakulteti binosida maxcuc joy hozirlanib, bir vaqtning o‘zida 200 nafar talabgor imtihon topshirishi mumkin.
Imtihonlar 8-20 sentabr kunlari uch smenada, ya’ni soat 08:00, 12:00, 16:00 da o‘tkaziladi.
Imtihon o‘tkaziladigan hududga kirishda dastlab abiturientlarning tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinmoqda. Shuningdek, imtihon jarayonlari to‘liq kuzatuv kameralari nazorati ostida bo‘lib, perimetr bo‘yicha 14 ta kamera o‘rnatilgan.
Bugun uch smenada qatnashishi lozim bo‘lgan 600 nafar talabgordan 60 nafari test sinovlariga qatnashmadi.
Eslatib o‘tamiz, abiturientlar imtihon topshiradigan kuni, joyi va vaqtini http://ruxsatnoma.edu.uz/ manzili orqali yuklab olgan "Ruxsatnoma" dan bilib oladilar.
Imtihonlar ONLAYN ravishda o‘tkaziladi va abiturientlar test natijalarini shu vaqtning o‘zida bilib oladilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI