Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA IJODIY IMTIHONLAR BOSHLANDI
2020-09-02    2783

Bugundan oliy ta’lim muassasalarida ijodiy imtihonlar boshlandi. Andijon davlat universitetida mavjud 10 ta aloxida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarga 8 mingdan ortiq abiturientlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Bugun, 2 sentabr kuni 6 ta ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlar boshlandi. Imtihonlar ikki smenada tashkil etilishi belgilangan.

Abiturientlarning xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Universitet hududiga kirish dezinfetsiya tunellari o‘rnatilgan. Har bir abiturient tuneldan o‘tgach, issig‘i o‘lchanib, antiseptik vositalar qo‘llanilmoqda. Imtihon o‘tkazilayotgan xona va hududlarda mas’ullar tomonidan masofaning saqlanishi doimiy nazorat qilinmoqda. Hozirga qadar virus alomatlari bor abiturientlar kuzatilmadi.

Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida imtihon oluvchi mutaxassislar yurtimizning boshqa oliy ta’lim muassasalaridan jalb etilgan. Musiqa ta’limi, Cholg‘u ijrochiligi, An’anaviy xonandalik yo‘nalishlarida O‘zbekiston Konservatoriyasi, TSMG va Rangtasvir Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti mutaxassislari, Jismoniy madaniyat, Futbol va Boks yo‘nalishlarida esa taniqli murabbiylar, jahon va Osiyo chempionlari imtihon olmoqdalar.

Universitetda imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi maxsus http://camera.adu.uz/ platformasi ishga tushirilganligi imtihonlarning yanada shaffof o‘tishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, imtihonlar o‘tayotgan 6 ta hududga 20 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, abiturientlarning ota-onalari va yaqinlari uydan turib imtihonlarni kuzatib borish imkoniga ega.

– Sport faoliyati: boks yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihonni topshirdim, – deydi abiturient Shohruxbek Kenjaev. – Imtihonni boks bo‘yicha jahon chempioni O‘tkirbek Haydarov raisligidagi sohaning kuchli mutaxassislariga topshirishni xayolimga ham keltirmagan edim. Ular oldida imtihon topshirish biroz hayajonli bo‘ldi. Lekin yuqori ballar olish uchun astoydil harakat qildim. Imtihonlar adolatli, yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Eng munosib va iqtidorli abiturientlar talabalikka qabul qilinishiga aslo shubham yo‘q.

Tibbiyot xodimlari har bir abituriyentni, ayniqsa sport yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshirayotganlarni sog‘ligini alohida nazorat qilmoqdalar olmoqdalar. Ular uchun gigiena talablariga rioya qilgan holda suv va salqin ichimliklar tashkil qilingan.

 

Imtihonlar jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya, Ichki ishlar organlari xodimlari jalb etilgan.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.