Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI REKTORINING ABITURIYENTLARGA MUROJAATI
2020-08-26    2132

Avvalo, Sizga mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasidan bizning Andijon davlat universitetini tanlaganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bizning jamoa zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishni hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarni o‘z maqsadlariga yetishishida har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.

2020-2021 o‘quv yilida Andijon davlat universiteti kunduzgi ta’lim shakliga 2425 nafar hamda sirtqi ta’lim shakliga 925 nafar jami 3350 nafar talabani qabul qiladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning oliy ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya kiritilmoqda. Bunday g‘amxo‘rlik natijasida talabalikka qabul qilingan yoshlar soni oxirgi uch yilda uch barobarga ortdi. Joriy yilda abituriyentlarning hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘liq onlayn tarzda masofadan turib amalga oshirildi. Bizning Andijon davlat universitetiga o’qishga kirish uchun 57399 nafar abituriyent hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazdilar. 

Bugungi kunda butun jahonda kechayotgan pandemiya sababli mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari muddatlari kechiktirildi. Bu avvalo, Siz ­- yoshlarning salomatligingizni o‘ylab, o‘z bilimingizni namoyon qilish uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit yaratish maqsadida qilindi.

Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan kirish imtihonlari shaharlar va viloyatlardagi markaziy stadionlarda, ya’ni ochiq maydonlarda karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020 yil sentabr oyining 2-sanasidan boshlab o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Siz pasportingiz va DTM ruxsatnomangiz bilan ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga belgilangan vaqtda yetib kelishingiz zarur. Eslatib o‘tamiz, DTM ruxsatnomalarini joriy yilning 22 avgustidan boshlab DTM sayti (www.dtm.uz)dagi shaxsiy kabinetingiz orqali olishingiz mumkin!

Muhtaram Abituriyent!

Imtihon kuni belgilangan manzilga karantin qoidalariga rioya qilib, xavfsizligingizni ta’minlab, yaxshi kayfiyatda va o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz.

Aziz ota-onalar va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolib, imtihon jarayonlarini http://test2020.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishlarini so‘raymiz.

Kirish imtihonlarining o‘tish muddati, jadvali va natijalari hamda o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni http://dtm.uz sayti, t.me/rasmiydtm telegramm kanalidan, universitetimizning rasmiy http://adu.uz sayti, rasmiy https://t.me/asu_uz telegramm kanalidan olishingiz, shuningdek , agsu_info@edu.uz elektron manzili yoki 74-223-83-57, 74-223-83-59, 74-223-83-65, 74-223-83-80, 74-223-83-82 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchli bilim bilangina talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishingiz mumkin. Shunday ekan, bir daqiqa ham bilim olish va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtatmang. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Omad yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Andijon davlat universiteti rektori Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich

Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich
Andijon davlat universiteti rektori
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.