Andijon Davlat
Universiteti
OLIMLAR KLUBI TASHKIL ETILDI
2017-12-20    5205

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Olimlar klubi tashkil etildi.

Olimlar klubi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatiga a’zo professor-o‘qituvchilar, olimlar va ilmiy tadqiqotchilardan iborat ixtisoslashgan guruh hisoblanadi. 

Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy, g‘oyaviy-mavkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, terrorizm va diniy ekstremizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, giyohvand moddalar savdosi kabi tahdidlarga qarshi kurashishning samarali usullari o‘rganiladi. Amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. 

Prezidentimizning joriy yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida olimlar, ijodkor ziyolilar va yetuk mutaxassislardan iborat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashkil etildi. Unga 500 ga yaqin olim, mutaxassis, san’atkor, ijodkor ziyoli a’zo bo‘ldi. Joylarda aholining keng qatlamlari bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Endi markaz huzurida Olimlar klubi ish boshladi.

Manba:  http://xs.uz


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.