Bugun Andijon davlat universiteti Chet tillar fakulteti uchun muvaffaqiyatli kun bo’ldi deyish mumkin.
Sababi fakultetning ikki yosh professor-o’qituvchilari Jasurbek Egamberdiyev hamda Durdona Egamnazarova falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini himoya qildilar.
Dissertatsiyalar himoyalari Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 raqamli Ilmiy kengashning birinchi majlisida o’tkazildi.
Dastlab, Egamberdiev Jasurbek Jahongirovich 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha o’zining “So‘zlarning metaforik ma’nolarini izohli lug‘atlarda kodifikatsiyalash tamoyillari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qildi.
Keyingi navbatda Egamnazarova Durdona Shuhratillaevna ham 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Turli tizimli tillarda gap bo‘laklarini aktuallashtiruvchi vositalar tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qildi.
Ikkala dissertant ham o’z mavzulari bo’yicha o’tkazgan tadqiqotlari natijalarini taqdim etib, kengash a’zolarining savollariga munosib javob qaytardilar.
Kengash yig’ilishi yakunida a’zolar yosh tadqiqotchilarning ishlarini yuqori baholab, dissertatsiya ishilarini filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun loyiq ekani e’tirof etdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI