“Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasining 2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.
Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini bir martalik mukofotlash hamda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilish tizimini joriy etish belgilangan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining:
oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlarini magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilish;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – oliy ta’lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazish va 1-3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilgan.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilari mazkur oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisligiga qo‘shimcha imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlarni tayanch doktoranturaga oliy ta’lim muassasalarining kengashi qarori asosida imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kvota doirasida qabul qilish tartibi joriy qilinadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI