Andijon Davlat
Universiteti
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BO'YICHA IMTIHON DASTURLARI
2020-08-01    5655

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq 2020/2021 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirildi. Oldinda magistraturaga qabul imtihonlari turibdi.

 MAGISTRATURAGA QAYSI FANLARDAN IMTIHONLAR BO‘LADI?

27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan magistratura bosqichining kirish imtihonlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda faqat 2 ta fandan imtihon bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha).

Shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha).

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi.

Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:

- ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;

- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;

- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha.

Eslatma: Magistraturaga kirish imtihonlari bu yil onlayn test shaklida bo'ladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA MAVJUD MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BO'YICHA IMTIHON DASTURLARI

Qirg'iz tili va adabiyoti (tarmoqlar va sohalar bo'yicha). Dasturni yuklab olish.

Chet tili (nomutaxassislik yo'nalishlari uchun). Dasturni yuklab olish.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.