O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-sonli qaroriga asosan Andijon davlat universitetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyun kungi 326-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yilning 24-iyul kuni soat 11:00 da Andijon davlat universiteti xotin-qizlarining umumiy onlayn yig‘ilishi o‘tkaziladi. Onlayn yig'ilish Zoom Cloud Meetings dasturi orqali tashkil etilib, quyidagi havola orqali qatnashish mumkin https://us02web.zoom.us/j/81067746439?pwd=OEREZjltTTU2WkhGVzdZVVVaSFdOQT09.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘riladi:
- Andijon davlat universitetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashini tuzish va uning tarkibini shakllantirish.
- Kengash raisini saylash.
- Vazirlikning “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash to‘g‘risidagi na’munaviy Nizom”i asosida ishlab chiqilgan “Andijon davlat universitetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengashi to‘g‘risidagi na’munaviy Nizom”ini tasdiqlash.
Ushbu onlayn yig‘ilishda barcha universitet xotin-qizlarini faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI